Orolbo‘yi – ezgu niyatlar va sog‘lom qadamlar maskani!

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasi doirasida tashkil etilgan “10 ming qadam” aksiyasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda turli hududlardan kelgan ishtirokchilar, Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbariyati hamda talabalari, mahalliy aholi vakillari, jami 5 mingga yaqin yoshlar piyoda yurish marafonida qatnashib, sog‘lom hayot sari qadam tashladilar.

Bundan tashqari, talaba-yoshlar “Orol tubiga eko-ta’lim sayohatlari” xalqaro haftaligi tadbirlar doirasida ko‘chat ekish aksiyasida ham faol qatnashdilar. Tadbirlar davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur xalqaro haftalik doirasidagi bunday amaliy tadbirlar yoshlarning tabiatga daxldorlik hissini kuchaytirish, ekologik mas’uliyatini oshirish hamda ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
So'nggi yangiliklar
Orolbo‘yi – ezgu niyatlar va sog‘lom qadamlar maskani!
“Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi Andijonda o‘tkaziladi
“To‘maris izdoshlari” tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti mezbonligida “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Tyutorlar doim rivojlanishda!