Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Mazkur ommaviy tadbirda 5 mingga yaqin sportsevarlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida birlashdilar. Marafon qadimiy Ark qo‘rg‘oni oldida start olib, Buxoroning betakror tarixiy maskanlari boʻylab Labi Hovuz majmuasiga qadar davom etdi. Ushbu yo‘nalish ishtirokchilarga nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki boy tarixiy-madaniy merosimiz bilan uyg‘un holda sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini chuqur his etish imkonini berdi.
Marafon bilan bir qatorda tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ishtirokchilarga kunni tetiklik, yuqori energiya va ijobiy kayfiyat bilan boshlash imkonini yaratdi. Mashg‘ulotlar davomida jismoniy chiniqish va sog‘lom hayotga intilish yanada mustahkamlandi.

So'nggi yangiliklar
“To‘maris izdoshlari” tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti mezbonligida “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Tyutorlar doim rivojlanishda!
“Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kashf etdi
Yoshlar uchun katta xushxabar: “TOP-100” kitobxonlik tanloviga start berildi!