Loading...

Buxoro davlat universiteti mezbonligida “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tanlov xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy tayyorgarligi, ma’naviy-ruhiy salohiyatini oshirish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. 

Tanlov davomida ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
- Jamoani tanishtirish
 -“Sport bilan hamnafasmiz” (100, 200, 300, 400 metrga yugurish, estafeta, kamondan o‘q otish, darts)
- Birinchi yordam ko‘rsatish
- Velosiped bellashuvi

Har bir shart davomida talaba-qizlar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi, jamoaviy hamjihatligi, tezkor fikrlashi, liderlik salohiyati hamda ma’naviy barkamolligini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
🥈 2-o‘rin —  Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Buxoro davlat texnika universiteti
🥉 3-o‘rin —  Buxoro davlat tibbiyot instituti