Tyutorlar doim rivojlanishda!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tyutorlar malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tyutorlik faoliyatini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari, tyutorning kasbiy kompetensiyalari va liderlik ko‘nikmalari, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, talabalar jamoasi psixologiyasi hamda ularning ijodiy-innovatsion faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, talabalar o‘rtasidagi muammoli vaziyatlarni boshqarish, ularga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda raqamli vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va tajriba almashilmoqda.
Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar:
guruhlarda muhokama olib bormoqda,
o‘z tajribalarini ulashmoqda,
yangi g‘oya va tashabbuslar ishlab chiqmoqda.
Bu jarayon tyutorlarning nafaqat bilimini oshirish, balki ularning yetakchilik va kommunikativ ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga xizmat qilmoqda.






So'nggi yangiliklar
“To‘maris izdoshlari” tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti mezbonligida “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Tyutorlar doim rivojlanishda!
“Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kashf etdi
Yoshlar uchun katta xushxabar: “TOP-100” kitobxonlik tanloviga start berildi!