“Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi Andijonda o‘tkaziladi

🇺🇿 “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi final bosqichi 18-20-may kunlari amaldagi festival g‘olibi Andijon davlat pedagogika instituti mezbonligida Andijon viloyati Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadi.
🏬 Final bosqichida o‘z ijodi, g‘oyasi va iste’dodi bilan saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi 9 ta oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari ishtirok etadi:
⏺ Ma’mun universiteti
⏺ Qarshi davlat universiteti
⏺ Termiz davlat universiteti
⏺ Farg‘ona davlat universiteti
⏺ Samarqand davlat universiteti
⏺ Buxoro davlat tibbiyot instituti
⏺ Central Asian Medical University
⏺ Shahrisabz davlat pedagogika instituti
⏺ O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
🏆Festival g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
🥈2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
🥉3-o‘rin – BHMning 85 barobari;
🎭 Nominatsiyalar bo‘yicha:
➡️“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – BHMning 35 barobari;
➡️“Eng yaxshi erkak roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Eng yaxshi ayol roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Jamoa ijodkor talabasi” – BHMning 20 barobari;
➡️“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – BHMning 15 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, festival g‘olib jamoasi a’zolari xorijiy davlatlardan biriga sayohat qilish imkoniga ham ega bo‘ladilar.
📢Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!
So'nggi yangiliklar
Orolbo‘yi – ezgu niyatlar va sog‘lom qadamlar maskani!
“Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi Andijonda o‘tkaziladi
“To‘maris izdoshlari” tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Buxoro davlat universiteti mezbonligida “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Tyutorlar doim rivojlanishda!