Loading...

Yoshlar uchun katta xushxabar: “TOP-100” kitobxonlik tanloviga start berildi!

Bugun umumiy sovrin miqdori 1.000.000.000 soʻm boʻlgan kitobxonlik tanloviga bugun Toshkent shahrining Yoshlar ijod saroyi binosida rasman start berildi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlarining kitobxon talaba-yoshlari ishtirok etishdi. 

“Top-100 kitobxon” – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori asosida tashkil etilgan respublika tanlovi.

Tanlovdan maqsad – yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, eng ko‘p va sifatli kitob o‘qigan o‘quvchi va talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish.