Loading...

“Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kashf etdi

Termiz davlat universiteti mezbonligida talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Vazir kubogi” sport musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. 

Respublikamizning 13 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etgan ushbu turnir nafaqat g‘oliblik uchun kurash, balki chinakam do‘stlik va mahorat maydoniga aylandi.

Murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra, shohsupadan quyidagi jamoalar joy oldi:

1-o‘rin: Qarshi davlat universiteti (QarDU);
2-o‘rin: Termiz davlat universiteti (TerDU);
3-o‘rin: Termiz davlat pedagogika instituti (TerDPI).

Musobaqaning yakuniy qismi bayramona ruhda o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov hamda TerDU rektori Abduqodir Toshqulov qutlab, ularga medallar, diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdilar.