Loading...

QVZ “Voha ligasi”ning final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

O‘zbekiston quvnoqlar va zukkolar assotsatsiyasi oliy va professional ta’lim muassasalari talaba hamda o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi “Voha ligasi” bahslarining yarim final bosqichi joriy yilning 16-17-18 aprel kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalaridan salarash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etishdi. 

Yakunda quyidagi jamoalar final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi:
Urganch Ranch texnologiya universitetining “Ranch” jamoasi;
Buxoro davlat pedagogika institutining “Buxorolik bolalar” jamoasi;
Buxoro davlat texnika universitetining “Yosh jentelmenlar” jamoasi
Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari” jamoasi;
Jizzax davlat pedagogika universitetining “Jizzaxlik jo‘ralar” jamoasi;
Buxoro davlat universitetining “100% BuxDU” jamoasi;
“Navoiyazot” AJ ning “Kimyogarlar” jamoasi.

Final bellashuvi joriy yil iyun oyida Termiz shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Finalda qatnashadigan barcha jamoalarga omad tilab qolamiz.