Loading...

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi yakunlandi

Mazkur bosqichda jami 23 ta oliy ta’lim tashkilotlarining talabalar teatr jamoalari o‘zaro 6 guruhga bo‘lingan holda bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, finalda ishtirok etadigan jamoalar aniqlandi.

Mintaqaviy yarim final bosqichi 4-guruhi bahslari Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Unda Central Asian Medical University jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida o‘tkazilgan 5-guruh mintaqaviy yarim finalida Samarqand davlat universiteti  (https://t.me/samdu_yoshlari_YI/17515)jamoasi g‘olib topilib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

6-guruhdagi jamoalar Andijon viloyati musiqali drama teatrida o‘zaro bellashdilar. Natijalarga ko‘ra, Chirchiq davlat universiteti jamoasi g‘olib topildi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘rik-festivalning mintaqaviy yarim final bosqichi 6 guruhi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar finalda ishtirok etadilar. Final g‘oliblari quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
3-o‘rin – BHMning 85 barobari;