Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam
Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida bugun, 22-aprel kuni erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu marafonda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
Tashabbusning asosiy maqsadi — rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.




So'nggi yangiliklar
“Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kashf etdi
Yoshlar uchun katta xushxabar: “TOP-100” kitobxonlik tanloviga start berildi!
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi yakunlandi
QVZ “Voha ligasi”ning final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!
Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam
“Vatanparvarlar” xalqaro musobaqasi tantanali start oldi!