Loading...

O‘zbekiston global narkotahdidlarga qarshi kurashda muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Kecha Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Forumning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan murojaatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi. 

Mazkur forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbariyati hamda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.