Loading...

Buxoroda “National AI Hackathon” yakunlandi — BuxDU jamoalaridan yirik g‘alaba!

Qadimiy va betakror Buxoro shahri yana bir bor innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar markaziga aylandi. Buxoro davlat unversiteti sport majmuasida o‘tkazilgan nufuzli “National AI Hackathon” yuqori saviyada, kuchli raqobat va katta qiziqish muhitida muvaffaqiyatli yakunlandi.

Xakatonga O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari Prezidentlarining tashrifi  ishtirokchilarda unutilmas tassurotlar qoldirdi. AT sohasiga Davlat rahbarlari darajasida yuksak e’tibor qaratilayotgani yoshlarga katta motivatsiya berdi.

🏆 Yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar:

Ta’lim:
1-o'rin: Robots and Me — Buxoro davlat universiteti (4 nafar)
2-o'rin: Feba
3-o'rin: Monday Monday Academy IT o‘quv markazi (5 nafar)

Sog‘liqni saqlash:
1-o'rin: Med IQ — Ulug‘bek Ultramed MChJ (Buxoro davlat tibbiyot instituti) (4 nafar)
2-o'rin: Med AI — Buxoro davlat tibbiyot instituti (5 nafar)
3-o'rin: NeuroX — Buxoro davlat universiteti (4 nafar)

Tadbirkorlik:
1-o'rin: Databek — BuxDU & OXU (4 nafar)
2-o'rin: Ko‘k Choy (Buxoro davlat pedagogika instituti)
3-o'rin: Protocol X