O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “O‘zbek adabiyoti yulduzlari” nomli medialoyihani tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki davrida ijod qilgan, milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlar hayoti va ijodi keng yoritiladi.
Bunda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, ijodkorlarning adabiy merosini chuqur o‘rganish, ularning asarlari va faoliyati haqida maxsus ekspozitsiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shu jumladan, adiblarning ijodi va hayot yo‘li aks etgan videoroliklar tayyorlanib, ularning asarlari, shaxsiy buyumlari va boshqa muhim eksponatlar namoyish etiladi.

So'nggi yangiliklar
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
“Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!
Taqdirlash marosimi doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi.
Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludinnig 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.