Loading...

    #hisobot_konserti
 
    “Adiblar xiyoboni”da O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida hisobot konserti o‘tkazildi.
 
    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Bozorov Otabek Hasanbayevich hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich so‘zga chiqib hisobot konsertini kirish so'zi bilan ochib berdilar.
 
    Shundan so‘ng Respublikasi miqyosidagi turli tanlovlarda va musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalarni esdalik sovg'alari hamda pul mukofotlari bilan tantanali ravishda oliу ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan taqdirlashdi.
 
    Ushbu konsert dasturida Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Kimyogar” jamoasi tomonidan O‘zbekiston shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag'ishlangan spektakl namoyish etildi. Shuningdek, iqtidorli talabalari tomonidan O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov ijodiga bag'ishlangan chiqishlari bilan ishtirok etdi.  

    Tadbirda so‘ngida talabalar o‘rtasida ilmga chanqoq, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turuvchi iqtidorli talabalarning ota-onalariga institut rektor tomonidan tashakkurnoma berishdi.