“Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy seminari tashkil etildi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Andijon davlat texnika instituti Til va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Xoliqova, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti tyutori O. Abdullayev boshchiligidagi talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Seminar davomida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, yurtimiz mustaqilligining 35 yili davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy seminar talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
So'nggi yangiliklar
Andijon davlat universiteti jamoasi futbolni katta hayajon bilan tomosha qilmoqda
“Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy seminari tashkil etildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Milliy jamoamizning Kolumbiya terma jamoasiga qarshi bahsi millionlab futbol ixlosmandlari qatori Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi tomonidan ham katta qiziqish bilan kuzatildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha prorektori Axborot-resurs markazida bo'lishdi.
UrDU talabalari Turkiyada amaliyot o‘tamoqda