Loading...

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha prorektori B. Mirzakarimov tuman tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan birgalikda tuman Axborot-resurs markazida bo'lishdi.

     

Unda talabalar markaz faoliyati, undagi zamonaviy adabiyotlar fondi, elektron resurslar va yoshlarning bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, tibbiyot, ilm-fan, ma’naviyat va milliy qadriyatlarga oid adabiyotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv jarayonida B. Mirzakarimov yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutaxassislikka oid bilimlarni muntazam ravishda boyitib borishning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, kelajakda malakali shifokor bo‘lish uchun nafaqat amaliy ko‘nikmalar, balki keng dunyoqarash va mustahkam nazariy bilim ham muhim ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar bilan kitob mutolaasi, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va tibbiyot sohasidagi ilmiy yangiliklar yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularda Vatanga sadoqat, kasbga muhabbat va ma’naviy barkamollik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.