UrDU talabalari Turkiyada amaliyot o‘tamoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi talabalari 2026-yil 9–19-iyun kunlari Turkiyaning Aksaroy universitetida amaliyot o‘tamoqdalar.
Amaliyot dasturi davomida talabalar oziq-ovqat sanoatining zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqdalar.
Xususan, talabalar Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan yirik "Sûtaş" sutni qayta ishlash zavodi, "Döndirma" muzqaymoq ishlab chiqarish korxonasi, shuningdek, kartoshka va makkajo‘xoridan "Chips" mahsulotlari tayyorlanadigan ishlab chiqarish zavodlarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.
Mazkur xalqaro amaliyot talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, oziq-ovqat texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So'nggi yangiliklar
Andijon davlat universiteti jamoasi futbolni katta hayajon bilan tomosha qilmoqda
“Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy seminari tashkil etildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Milliy jamoamizning Kolumbiya terma jamoasiga qarshi bahsi millionlab futbol ixlosmandlari qatori Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi tomonidan ham katta qiziqish bilan kuzatildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha prorektori Axborot-resurs markazida bo'lishdi.
UrDU talabalari Turkiyada amaliyot o‘tamoqda