Loading...

TARIXIY UCHRASHUV ADCHTI JAMOASI E’TIBOR MARKAZIDA

     

⚽️2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk uchrashuvi mamlakatimiz sport tarixida muhim sahifa sifatida qayd etildi. Milliy jamoamizning Kolumbiya terma jamoasiga qarshi bahsi millionlab futbol ixlosmandlari qatori Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi tomonidan ham katta qiziqish bilan kuzatildi.

⚽️Uchrashuvni tomosha qilish maqsadida institutning professor-o‘qituvchilari, talabalar, rahbar va xodimlari Faollar zalida jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatladilar. Katta ekran orqali tashkil etilgan jamoaviy tomosha ishtirokchilarga o‘zgacha taassurot va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

⚽️Tadbir davomida futbol muxlislari uchun qulay sharoitlar yaratilib, institut ramzlari tushirilgan muxlislik atributlari, ichimliklar hamda popcornlar taqdim etildi. Bu esa tarixiy uchrashuvni haqiqiy sport bayramiga aylantirdi.

🏆Jamoaviy tomosha jarayonida ishtirokchilar milliy terma jamoamizning har bir harakatini katta hayajon bilan kuzatib, ularga muvaffaqiyat tiladilar. Bunday tadbirlar nafaqat sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, balki jamoaviylik, birdamlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.