Loading...

Yoshlar bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

     

Andijon davlat pedagogika institutida fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida talabalarning ijtimoiy faollik indeksini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda turli loyiha va tanlovlardagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, tyutorlarning choraklik hisobotlari tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Futbol fan zonasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan muhlislik tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.