Loading...

“Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi” shiori ostidagi yugurish marafonida Jizzax politexnika instituti jamoasi faol ishtirok etdi

    
 

Bugun Jizzaxda “Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi” shiori ostidagi ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan mazkur sport tadbirida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Marafon ishtirokchilari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport orqali birlik va hamjihatlikni mustahkamlash g‘oyalarini qo‘llab-quvvatladi.

Musobaqada viloyatdagi oliy va professional ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, sport ixlosmandlari hamda ko‘ngillilar qatnashib, sog‘lom raqobat va do‘stona muhit namunasini namoyon etdilar.

Marafon davomida ishtirokchilar nafaqat o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdilar, balki yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.