O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Unda 1973 yilda mazkur ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlagan soha faxriylari hamda sobiq bitiruvchilar ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuv universitetning boy tarixi, mustahkam an’analari va avlodlar vorisligini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining talabalik yillari bilan bog‘liq xotiralari, mehnat faoliyatida qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda bugungi kunda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida fikr almashdilar. Shuningdek, universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va ta’lim sifati ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

Uchrashuvning eng ta’sirli va yodda qolarli lahzalaridan biri sifatida sobiq bitiruvchilar tomonidan Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori Z. Gapparovga samimiy tabriklar yo‘llandi. Ustozning ko‘p yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, shuningdek, malakali mutaxassislar tayyorlashdagi beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi.
Tadbir samimiy va do‘stona muhitda o‘tib, barcha ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Bunday uchrashuvlar universitet bitiruvchilari o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash, ularning boy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda ta’lim va sport sohalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
“Uch avlod uchrashuvi”
Zakovat maydonida bilim va tafakkur bellashuvi!
Студенты из Каракалпакстана посетили Центр исламской цивилизации в Узбекистане и Мемориальный комплекс «Парк Победы»
“Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha respublika turkum fan olimpiadalari o‘tkazildi.
Andijonda “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi
Sog‘lom turmush — e’tibor markazida