Loading...

 Zakovat maydonida bilim va tafakkur bellashuvi!

Andijon davlat texnika institutida barcha fakultetlarning 40 dan ziyod jamoalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur bellashuvni institut rektori Umid Turdialiyev tantanali ravishda ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

        

Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida:
🥇o‘rinni – Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Kvartet” jamoasi;  
🥈o‘rinni – “Paris gentlemen” jamoasi;  
🥉o‘rinni – Avtomobilsozlik va transport fakultetining “Phenomenal” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar diplom, kubok va moddiy rag‘batlantirish bilan taqdirlandi.

      

 Ushbu musobaqalarning asosiy maqsadi – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning bilim, tafakkur va nutqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat.