Loading...

Sog‘lom turmush — e’tibor markazida

  Buxoro davlat texnika universiteti xotin-qizlar kengashi raisi Nasiba Baxriddinova tomonidan “To‘g‘ri ovqatlanish tamoyillari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

  Suhbat davomida sog‘lom ovqatlanish, kundalik ratsionni to‘g‘ri shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

  Shundan so‘ng, talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlarning holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi, muammo va takliflari tinglandi.

  Mazkur uchrashuv talaba qizlarning salomatligini mustahkamlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.