Loading...

Andijonda “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi

Bugun, 4-may kuni Andijon davlat universitetining “Universal” sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi.

        

Mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, dzyudo bo‘yicha “Parij–2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova, shuningdek oliy ta’lim muassasalari talabalari, jismoniy tarbiya fani ustozlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.