Loading...

Namangan davlat texnika universiteti Axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt fakultetida “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

      

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Ma’rufjon Kayumov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Shuxrat Muhitdinov,Namangan viloyati Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarma boshlig'i o'rinbosari mayor Otabek To'rayev, Jinoyat qidiruv boshqarma kapitani Shaxbozbek Yigitaliyev, Jinoyat qidiruv boshqarma kapitani Xayotbek Xayitboyev, NamDTU proflaktika inspektori Sirojiddin Sherg'oziyev, dekan o'rinbosari G'ayratali Tuxliyev, tyutorlar va talabalar qatnashdi. Uchrashuv davomida giyohvandlikning ayanchli oqibatlarini aks ettiruvchi videolavhalar namoyish etildi.

Namangan viloyati Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarma boshlig'i o'rinbosari mayor Otabek To'rayev o‘z ma’ruzasida giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga zarari, sintetik narkotik moddalar iste’molining xavfi, narkojinoyatlarning huquqiy oqibatlari hamda yoshlar o‘rtasida bunday holatlarning oldini olish masalalariga to‘xtaldi.

Muloqotda giyohvandlikning shaxs hayoti, oila farovonligi va jamiyat xavfsizligiga salbiy ta’siri, shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning ahamiyati ta’kidlandi.

Uchrashuv yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va talabalarning bu boradagi xabardorligini oshirishga xizmat qildi.