“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi Toshkent davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tkazildi.
102 ming nafardan ortiq talaba-yoshni qamrab olgan tanlovning hal qiluvchi bosqichida hududiy saralashlarda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 45 nafar eng bilimdon ishtirokchi o‘zaro bellashdi.
✍️ Finalchilar diktant, test sinovlari va insho yozish shartlari orqali o‘zbek tili bo‘yicha bilim va savodxonliklarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar 50 ta ochiq va yopiq test savollariga javob berib, “Ijtimoiy tarmoqlar va ona tili: savodxonlik muammolari” mavzusida insho yozdilar. 102 ming nafardan ortiq talaba-yoshni qamrab olgan tanlovning hal qiluvchi bosqichida hududiy saralashlarda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 45 nafar eng bilimdon ishtirokchi o‘zaro bellashdi. Tanlov shartlari yakunida ishtirokchilarning savol va e’tirozlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tushuntirishlar berildi.
🔹 Shuningdek, final bosqichining xolis va adolatli baholanishiga munosib hissa qo‘shgan Hakamlar hay’ati a’zolariga Markaz direktori Abdumalik Akramov tomonidan Ta’lim va ilm-fan vazirining tashakkurnomalari topshirildi.
🏆 Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinib, munosib rag‘batlantiriladi.
So'nggi yangiliklar
Tyutorlar malakasini oshirish: zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar sari!
“Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi
“Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari g‘olib va sovrindor bo‘ldi
O‘zbek tiliga bo‘lgan mehr, ehtirom va muhabbat birlashtirgan tanlov: finalning dastlabki shartlari yakunlandi!
“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!