O‘zbek tiliga bo‘lgan mehr, ehtirom va muhabbat birlashtirgan tanlov: finalning dastlabki shartlari yakunlandi!

🏛 Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida xorijlik talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqichiga start berildi.
Finalda ishtirok etayotgan 15 nafar xorijlik talaba dastlabki shartda o‘zlarini tanishtiruvchi videoroliklar orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan muhabbati, yurtimizga munosabati hamda ijodiy salohiyatini namoyon etdi. Ikkinchi shartda esa xorijlik yoshlar o‘zbek tilida esse yozib, fikrlarini davlat tilimizda erkin, ravon va ta’sirchan ifodalash borasidagi bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
☑️Ertaga, 16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida finalning uchinchi – erkin mavzudagi badiiy chiqish sharti bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar aniqlanadi. Mazkur shart yakunida tanlov g‘olib va sovrindorlari aniqlanib, tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Xorijlik talabalarning o‘zbek tilidagi badiiy chiqishlarini tomosha qilish istagida bo‘lsangiz, Sizlarni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zaliga taklif qilamiz.
So'nggi yangiliklar
Tyutorlar malakasini oshirish: zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar sari!
“Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi
“Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari g‘olib va sovrindor bo‘ldi
O‘zbek tiliga bo‘lgan mehr, ehtirom va muhabbat birlashtirgan tanlov: finalning dastlabki shartlari yakunlandi!
“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!