To‘siqlarni yenggan matonat: "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Chinora G‘ulomova BuxDU talabasiga aylandi!
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada faol va izlanuvchan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida Buxoro viloyati Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi, uyda ta’lim olayotgan bolalar uchun “O‘qi va yuksal” loyihasini amalga oshirib kelayotgan Chinora G‘ulomovani “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlash to‘g‘risida topshiriq berdi.
Mazkur e’tirofning mantiqiy davomi sifatida Buxoro shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida Chinora G‘ulomovaga Buxoro davlat universitetida davlat granti asosida tahsil olish huquqini beruvchi maxsus sertifikat tantanali ravishda topshirildi.



So'nggi yangiliklar
Yurtim qadriyatlari finalidan ilk premyera: O‘zMU Jizzax filiali
To‘siqlarni yenggan matonat: "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Chinora G‘ulomova BuxDU talabasiga aylandi!
“Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasi Samarqandda
Farg‘onada "Yoshlar forumi" bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat texnika universitetida faol va tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi
Yosh ixtirochi qizga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili topshirildi!