“Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasi Samarqandda
Joriy yilning 2-iyul kuni Samarqand shahrida oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 300 dan ortiq ish beruvchi korxona va tashkilotlar ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga 2500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Ko‘rgazmada Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan 12 mingga yaqin talaba-yoshlar qatnashdi.
Kun davomida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi, ishlab chiqarish korxonasiga tanishuv tashrifi, taqdirlash marosimi hamda madaniy tadbirlar tashkil etildi.

So'nggi yangiliklar
Yurtim qadriyatlari finalidan ilk premyera: O‘zMU Jizzax filiali
To‘siqlarni yenggan matonat: "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Chinora G‘ulomova BuxDU talabasiga aylandi!
“Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasi Samarqandda
Farg‘onada "Yoshlar forumi" bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat texnika universitetida faol va tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi
Yosh ixtirochi qizga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili topshirildi!