“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi Jizzax davlat pedagogika universitetida tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.

Ochilish marosimida tashkilotchilar va Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tanlov nizomlari, o‘tkazilish tartibi yana bir marotaba tushuntirildi. Musobaqaning final bosqichida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan, hududiy bosqishda g‘oliblikka erishgan 15 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Musobaqa Nizom talablari asosida jamoalar 4 ta shart: 100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish hamda granata uloqtirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
So'nggi yangiliklar
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari Termizda samimiy kutib olindi
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi
Andijon yoshlarini birlashtirgan “Talaba Fest” katta bayramga aylandi
“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqichi ishtirokchilari poytaxtimizda tantanali kutib olinmoqda
Namanganda tashkil etilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!