Qoraqalpog‘istonda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tashabbuslar doirasidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

š Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar bilan ishlashga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar hamda yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

š¹Mazkur tashabbus doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘zaro muloqotlar, ko‘ngilochar tadbirlar, innovatsion va ijodiy uchrashuvlar, yoshlarning qiziqish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar tashkil etilmoqda.
š Jumladan:
š¹Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Vatanparvar yoshlar – Yagona O‘zbekiston kelajagi bunyodkorlari” mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi. “Yagona O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “Vatanparvar yoshlar – mamlakat kelajagi egalari” hamda “Birlik va hamjihatlik – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzularida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
š¹Nukus davlat pedagogika institutida ham “Vatan taqdiriga daxldorlik hissi – mening fuqarolik burchim” mavzusida uchrashuvlar tashkil qilindi. Shuningdek, talabalarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Talabalar teatr kunlari” tashkil etildi.
ā
Mazkur tashabbuslar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik, vatanparvarlik va madaniy integratsiyani mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So'nggi yangiliklar
Vazir qoraqalpogʻistonlik talabalar bilan muloqot qildi
Qoraqalpogāistonda yoshlar bilan ishlash boāyicha yangi tashabbuslar doirasidagi tadbirlar oātkazilmoqda.
āMunozaraā respublika turnirining respublika bosqichi Namanganda oātkaziladi!
Yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!
Tyutorlar malakasi tizimli ravishda oshirilmoqda
āMunozaraā respublika turnirining respublika bosqichi Namanganda oātkaziladi!