Loading...

O‘zbek–Fransuz universitetiga qabul boshlanadi!


Zamonaviy bilim, xalqaro standartlar va Fransiya ta’lim tajribasini o‘zida birlashtirgan nufuzli universitetda tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

O‘zbek–Fransuz universiteti 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonini e’lon qiladi.

Universitetda o‘quv jarayonlari Fransiyaning yetakchi oliygohlari dasturlari asosida tashkil etiladi. Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab Fransiyaning nufuzli Poitiers universiteti bilan hamkorlikda quyidagi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul ochiq deb e’lon qilinadi:

“Fransuz tilini chet tili va ikkinchi chet til sifatida o‘qitish didaktikasi”.

➡️Dasturning asosiy afzalliklari:

Jami 25 nafar magistrant qabul qilinadi.

O‘quv mashg‘ulotlarining 75 foizi bevosita fransiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan oflayn tarzda, fransuz tilida olib boriladi.

Bitiruvchilarga Poitiers universitetining xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgan hamda O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan diplomi beriladi.

Hujjatlar qabuli:
2026-yil
15-iyun — 30-avgust.

O‘qishga qabul qilish shartlari va talab etiladigan hujjatlar BU YERDA👆

Bakalavriat bitiruvchilari uchun ham yangilik!

Universitetda Energetika sohasi mutaxassisligi uchun tayyorlov kursi ham tashkil etiladi.

+998 99 044 52 51
 ufuuz.uz
E-mailcontact.ufu@gmail.com

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbek–Fransuz universiteti Prezidentning 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qarori bilan tashkil etilgan.