Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

     

    Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiyoti asoschilaridan biri Muqimiy haykali qoshida madaniy-ma’rifiy tadbir va sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi, filologiya fanlari doktori Maftuna G‘afforova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Yoshlik jurnali bosh muharriri, adib Nurilla Chori,  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Muhammad Siddiq va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

     

    Tadbir avvalida Muqimiy xotirasiga ehtirom ko‘rsatilib, haykali poyiga gul qo‘yildi. Shuningdek, taklif etilgan mehmonlar so‘zga chiqib, Muqimiy ijodi haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berdi. “Iqtisodchi yulduzlar” ashula va raqs ansambli ishtirokchilari tomonidan jonli ijroda Muqimiy g‘azallari bilan qo‘shiqlar kuylandi. Madaniy ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi boshlig‘i, shoir Bobur Bobomurod so‘zga chiqib universitetda adabiyot va san’atga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

       

Tadbirning badiiy qismidan so‘ng sport musobaqalariga start berildi. Sportning armrestling, stol tennisi va arqon tortish turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, unda talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.

G‘olib talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.