ADABIYOT BILIMDONLARI ESTAFETASI
Poytaxtimiz ko’rkiga ko’rk qo’shayotgan “Adiblar xiyoboni” nafaqat tashqi ko’rinishi, o’ziga xos landshafti, balki ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy ahamiyati bilan ham qadrli va ardoqli. Albatta, milliy adabiyotimizning shu maskanda nomlari zikr etilgan yirik namoyandalari, atoqli ziyolilarimiz hamda ma’rifatparvarlarimizning hayot yo’li, ijodi, o’lmas merosi hozirgi va kelajak avlod uchun ulkan ibrat maktabidir. Xo’sh, talaba yoshlarimiz Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Aldulhamid Cho’lpon kabi jadid mutafakkirlarimiz, qolaversa, Ogahiy, Furqat, Oybek, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boshqa taniqli ijodkorlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy xazinadan nechog’li xabardor?
“Ko’hna va boqiy Buxoro” madaniy markazida institutimiz talabalari ishtirokida o’tgan “Bilimlar estafetasi”da xuddi shu jihatga alohida urg’u berildi. Aynan “Adiblar xiyoboni”da monumentlari o’rnatilgan atoqli ziyolilarimiz ijodi bo’yicha zukkolik ko’rigiga BuxTRBIning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi mutasaddilari hamda fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlashga mas’ul o’rinbosarlari bosh-qosh bo’ldilar.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug’i ijrosi uchun uyushtirilgan ushbu tanlov qizg’in hamda do’stona ruhda o’tdi. O’quv dargohimizning turli yo’nalishlarida tahsil olayotgan yoshlardan iborat jamoalar ko’plab ijodkorlar hayoti va adabiy faoliyati bo’yicha bilimlarini namoyish qilib, o’zaro kuch sinashdilar.
Bellashuv natijalariga koʻra, g’oliblik “Choʻlpon”, 2-oʻrin “Jadidchilar”, 3-oʻrin esa “Behbudiy izdoshlari” jamoasiga nasib etdi.
So'nggi yangiliklar
O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludinnig 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 84 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Buxoro davlat pedagogika institutida “Turkiston taraqqiyparvarlari merosi: tarixiy tajriba va milliy o‘zlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Adib va kino ustasi Uchqun Nazarovning xotirasi yodga olindi
Milliy qadriyatlar sayli