Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    O‘zDJTSU Tennis, badminton, stol tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi faoliyatidan lavhalar

    Joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari Yunusobod sport kompleksida o'tkazilgan "Davis cup" World group II xalqaro musobaqasi doirasida O'zbekiston va Estoniya terma jamoalari o'rtasida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.

           

    O'yinni kafedraning tennis ixtisosligi talabalari bevosita kuzatib borib, o‘zlarining bilim va malakalarini oshirdi.

    2024-yil 15-sentyabr kuni kafedraning Yoshlar va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ullari, tyutorlar va talabalari tomonidan "Ajdodlar xotirasi yodimizda!" shiori ostida yurtimizning diqqatga sazovor joylaridan Adiblar xiyoboni hamda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.

           

    Ushbu sayohat yoshlar orasida ma'naviy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish, ularda Vatanga sadoqat, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.