Loading...

Talabalar turar joyida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

           

 

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning murojaat va takliflarini tinglash hamda mavjud masalalarni aniqlash maqsadida filial direktor maslahatchisi M.Xaydarov tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etilib, ularning TTJdagi yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalari hamda takliflari o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, TTJda yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanish va ichki tartib-qoidalarga rioya etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

O‘rganish davomida aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.