Loading...

“Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining hududiy bosqichi davom etmoqda.

         

 Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining 9–12-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan hududiy bosqichlarida ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Qayd etilgan hududiy bosqich natijalari:

🔹Buxoro viloyati – Buxoro davlat tibbiyot instituti vakili Feruza Toirova faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
🔹Namangan viloyati – Namangan davlat universiteti vakili Abdulbositxon Sobirxonov 1-o‘rinni egalladi.
🔹Andijon viloyati – Andijon davlat pedagogika instituti vakili Muhayyo Ergasheva 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Nukus davlat pedagogika instituti vakili Miyirxan Allaniyazova 1-o‘rinni egalladi.
🔹Navoiy viloyati – Navoiy davlat universiteti vakili G‘iyos Yusupov 1-o‘rinni egalladi.
🔹Toshkent shahri – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakili Abduvahob To‘xtanazarov hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakili Suxrob Norbekov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


 
✨ Eslatib o‘tamiz, tanlovning hududiy bosqichlari 16-oktabrga qadar respublikamizning barcha hududlarida belgilangan jadval asosida davom etadi.

📌 Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz hamda respublika bosqichida ishtirok etadigan vakillarga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!