“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz – halollik va adolat taraqqiyot poydevori!”

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda ta’lim muassasalarida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, fakultet manaviy marifiy ishlar buyicha dekan urinbosari S.Syunov va fakultet tyutorlari G.Qodirova va F. Berdiyeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish mexanizmlari, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning burchimiz.
So'nggi yangiliklar
Urganch davlat pedagogika institutida intellektual mulk masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi
“Munozara” – hududiy bosqichlarda talabalar bilim va tafakkurini namoyon etmoqda!
“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi
“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz – halollik va adolat taraqqiyot poydevori!”
“Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining hududiy bosqichi davom etmoqda.