UrDPI va Malayziya oliygohlari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekani Feruza Radjapova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan nufuzli Islom fanlari universiteti rektori Sharifudin Shaarani va mazkur universitetning Kompyuter lingvistikasi fakulteti dekani Zaynur Rijal Abdul Razak bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xorijiy filologiya va lingvistika yo‘nalishlarida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakunida Urganch davlat pedagogika instituti hamda Islom fanlari universiteti o‘rtasida hamkorliklarni yanada kengaytirishga, o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.
So'nggi yangiliklar
Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi
“Munozara” – hududiy bosqichlarda talabalar bilim va tafakkurini namoyon etmoqda!
“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi
“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz – halollik va adolat taraqqiyot poydevori!”
“Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining hududiy bosqichi davom etmoqda.
Talabalar turar joyida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi