Loading...

ÖzMU magistranti Xitoyda xalqaro e’tirofga sazovor böldi!

       

Özbekiston Milliy universitetining 2-bosqiç magistranti Yorqin Abduqahhorov Xitoy Xalq Respublikasida ötkazilayotgan BPIC New Industry “Golden Egret” xalqaro loyihasida grant asosida iştirok etib, qator yutuqlarga erişmoqda.

           

Xususan, u 35 ta davlat vakillari qatnaşgan xalqaro konferensiyada Özbekistonning raqamlaştiriş va sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlari, amalga oşirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi imkoniyatlari haqida ingliz va xitoy tillarida ma’ruza qildi.
          
Xalqaro tadbir doirasida “Certificate of Honor” faxriy sertifikati va 450 AQŞ dollari miqdoridagi stipendiya bilan taqdirlangan yoş magistrant yana bir muhim natijaga erişdi – BPIC xalqaro loyihasining Özbekistondagi rasmiy vakiliga aylandi.
 

🔹Şuningdek, Xitoyning Xiamen şahrida ötkazilgan uçraşuvlarda BPIC vakillari bilan özbekistonlik talabalar uçun xitoy tilini örganişga möljallangan stipendiya dasturlarini yölga qöyiş va qöşma innovatsion loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
🔹Xalqaro loyiha doirasida Yorqin Abduqahhorov Xitoyning ilğor texnologik kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanişib, sun’iy intellekt yordamida boşqariladigan haydovçisiz avtobuslar va tibbiy çiqindilarni utilizatsiya qiliş va qayta işlaş texnologiyalarini Özbekistonda qöllaş imkoniyatlarini örganmoqda.