Loading...

“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

         

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tanlovning final bosqichiga saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning oliy ta’lim tashkiloti bosqichida g‘olib bo‘lgan xorijlik talabalarning insho va videolavhalari Hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, 15 nafar ishtirokchiga final bosqich yo‘llanmasi taqdim etildi.

📌 Final bosqichi ishtirokchilari:

↪️Haruki Ikeda (Yaponiya) – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi;
↪️Abdelaziz Khelifi (Tunis) – Andijon davlat texnika instituti talabasi;
↪️Qadeer Ahmed (Pokiston) – Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi;
↪️Туаn Mariya Aleksandrovna (Janubiy Koreya) – Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti talabasi;
↪️Mazin Moideentkuthy (Hindiston) – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi;
↪️Shaina Shaikh (Hindiston) – Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti talabasi;
↪️Nadimini Himagiri (Hindiston) – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
↪️Rogovsteva Darya (Rossiya) – I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali talabasi;
↪️Ahmed MD Shafayet (Bangladesh) – Namangan davlat texnika universiteti talabasi;
↪️Ahmed Mabroor (Pokiston) – Samarqand davlat universiteti talabasi;
↪️Yu Qianhao (Xitoy) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
↪️Han Yuqing (Xitoy) – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
↪️Nozomi Matsushita (Yaponiya) – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
↪️Al Xebi Sair Abdulla Maxmud Ali (Suriya) – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
↪️Хаn Akbar Ahmad (Hindiston) – Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabasi.



Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovda faqatgina ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan, ammo o‘zbek tilini qalbdan sevuvchi xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning final bosqichi 15-16-oktabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi. G‘oliblar esa diplom va 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari, 2-o‘rin 30 barobari hamda 3-o‘rin 20 barobari miqdorida pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Saralash jarayonida ishtirokchilarning ijodiy ishlari soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va adabiyotshunos olimlardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

↪️Yuldoshev Ibrohim Jo‘rayevich – O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori;
↪️Aytbayev Dilshodxo‘ja Temirbayevich – O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori;
↪️Tojiyev Alimurod Aliakbarovich – Jahon adabiyoti jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori;
↪️Hakimov Munisjon Murodovich – O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori o‘rinbosari;
↪️Axmedova Nargiza Shixnazarovna – Oriental universiteti dotsenti.



Shuningdek, Hakamlar hay’ati a’zolari “Til bilimdonlari” tanlovining Toshkent shahar hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, g‘oliblarga diplomlarni topshirdilar.