Loading...

“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!

        

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 304 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

📝 Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Shuningdek, sinov tariqasida ommaviy diktant olindi. Test natijalari teng bo‘lib qolgan taqdirda, yuqori o‘rinlar aynan shu diktant natijasiga ko‘ra aniqlandi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.