Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor va Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi

Adiblar xiyobonida buyuk o‘zbek adiblari Abdulla Qahhor va Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy tavallud sanalariga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbir davomida adiblarning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, serqirra ijodiy merosi hamda asarlarining bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Abdulla Qahhor va Muqimiy ijodining o‘ziga xos jihatlari, asarlarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar, xalq hayoti va milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida adabiy-badiiy chiqishlar, ijodiy namoyishlar hamda adiblar asarlaridan namunalar taqdim etilib, yoshlarning mumtoz va zamonaviy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Taqdirlash marosimi tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri bo‘ldi. Buyuk adiblar xotirasini abadiylashtirish, ularning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 10 nafar professor-o‘qituvchi va xodim hamda 31 nafar faol talaba “Abdulla Qahhor” va “Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy” nomidagi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, adabiyotga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy salohiyati va iste’dodini namoyon etib kelayotgan talabalarga maxsus stipendiyalar topshirildi.
Mazkur e’tirof yoshlarni ilm-fan, adabiyot va ijod yo‘lida yanada faol bo‘lishga, milliy adabiyotimizning bebaho durdonalarini chuqur o‘rganishga va ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini kelajak avlodga yetkazishga undaydi.
Adiblar xotirasi — millat xotirasi. Ularning bebaho merosi esa avlodlarni ezgulik, ma’rifat va tafakkur sari chorlayveradi!
So'nggi yangiliklar
Talabalar munosabati asosida oliy ta’limda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqilmoqda
Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor va Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi
Bir do‘ppi - bir qadriyat, birlashgan do‘ppilar - milliy birdamlik!
Vazir Qoʻngʻirot tumanidagi maktablarda yoshlar bilan uchrashdi
Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha vakillariga esdalik nishonlari topshirildi