Loading...

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan soha vakillariga esdalik nishonlari topshirildi

         

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan vazirlik, tizim tashkilotlari va oliygohlarning bir guruh vakillariga tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan soha vakillarining xizmatlari alohida e’tirof etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

💐Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatida yangi yutuq hamda muvaffaqiyatlar tilaymiz!