Loading...

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

        

Urgut tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotga yo‘naltirilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi hamda 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etib, yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini bevosita tingladilar.

Shuningdek, Samarqand davlat pedagogika instituti Urgut fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlari ham uchrashuvda faol ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda o‘z iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.