UrDUda Yoshlar Parlamenti raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Yoshlar Parlamenti raisi Otabek Sobitov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, universitetning faol talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z yuritildi. Muloqotda Yoshlar Parlamentining faol a’zolari ham ishtirok etib, talaba-yoshlarga siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol qatnashish, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zLiDeP Xorazm viloyati kengashi tashkiliy bo'lim mudiri Sh. Atajonov ishtirok etib, yoshlarga partiya faoliyati, unga a’zo bo‘lish tartibi hamda talaba-yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida Urganch davlat universitetida “Yoshlar Parlamenti modeli” xonasini tashkil etish, universitet tajribasini respublika miqyosida namunali loyihaga aylantirish, shuningdek, “Yosh siyosatchilar” marafoni va Respublika Yoshlar Parlamenti forumini universitetda o‘tkazish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.
Muloqot yakunida yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan fikr va takliflar bildirildi, shuningdek, mehmon vakillarga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
So'nggi yangiliklar
UrDUda Yoshlar Parlamenti raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi
O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida universitetning quyidagi lokatsiyalarida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyat olib bormoqda:
“Kimyogar” jamoasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti
“Uyg‘onish” jamoasi, O‘zbekiston Milliy universiteti
“Stipendium Hungaricum” dasturi stipendiatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi