O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumida talabalarning startaplari namoyish etildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar va startaplar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma yoshlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliy yechimlarga aylantirish, ilmiy-innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish borasidagi salohiyatini namoyish etish uchun muhim platformaga aylandi.
Ko‘rgazmada Toshkent davlat transport universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, texnologik yechimlar va amaliy loyihalar taqdim etilib, ularning yaratilish g‘oyasi, texnologik imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumida talabalarning startaplari namoyish etildi
“Ayaziy” jamoasi, Qoraqalpoq davlat universiteti
World Robot Summit (WRS) xalqaro robototexnika chempionatida O‘zbekiston nomidan 4 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etdi.
“TalabaExpo–2026”: Imkoniyatlar maydoni sizni chorlaydi
“Irfon” jamoasi, Buxoro davlat pedagogika instituti
Xorijlik talabaning “o‘zbekcha” hikoyasi