Loading...

“TalabaExpo–2026”: Imkoniyatlar maydoni sizni chorlaydi

     

Nukus shahridagi "Oqqush" majmuasida "Kelajakka qadam" dasturi doirasida "TalabaExpo - 2026" kasbiy ko‘rgazmasi davom etmoqda.

Kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi yoshlar uchun ta’lim, tadbirkorlik hamda bandlik yo‘nalishlarida yangi ufqlarni ochmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilar "Kelajakka qadam" dasturi asosida imtiyozli kredit olish imkoniyatlari bilan tanishmoqda. Shuningdek, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy treninglar, istiqbolli startap loyihalar taqdimoti hamda "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotida faol ishtirok etmoqda.