Loading...

World Robot Summit (WRS) xalqaro robototexnika chempionatida O‘zbekiston nomidan 4 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etdi.

     

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi, Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari “Runner Up” yo‘nalishida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, delegatsiya FIRST Tech Challenge (FTC) China Offseason Event musobaqasining “Eng faol va namunali jamoa” nominatsiyasiga ham sazovor bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyatda Buxoro davlat texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti talabalari ham munosib hissa qo‘shdi.