Talabalar turizmi: ta’til va sayohat
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari turizmni rivojlantirish maqsadida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ko‘ngilochar va sayyohlik maskanlarida bo‘ldilar.
Sayohat davomida talabalar hududning betakror tabiati, dam olish maskanlari hamda turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tumanining diqqatga sazovor maskanlari hamda turizm imkoniyatlarini mahalliy va xorijiy auditoriyaga tanishtirish maqsadida rus, turk, tojik, qirg‘iz, arab, xitoy, koreys, malay va boshqa tillarda videoroliklar tayyorlandi.
Siz ham Yangiqo‘rg‘onning so‘lim maskanlariga tashrif buyurib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling! Dam olish kunlaringizni mazmunli o‘tkazish uchun yaqinlaringiz bilan sayohat qilishni tavsiya etamiz.
So'nggi yangiliklar
Talabalar turizmi: ta’til va sayohat
Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
SamDPI talabasi — YuNESKO e’tiborida!
“Yoshlar va ilm-fan” jurnalining 2026-yil 2-soni e’lon qilindi!
Vazirlik tizimi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Yurtim qadriyatlari finalidan ilk premyera: O‘zMU Jizzax filiali